TA‘LIM SIFATINI BAHOLASHNING XALQARO MODELLARI (PISA, TIMSS, PIRLS) VA ULARNI O‘ZBEKISTON TA‘LIMIGA MOSLASHTIRISH
Qabul qilingan: 2026-07-17 16:33:30
Nashr etilgan: 2026-04-18
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta’lim sifatini baholashning xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan O‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi (PISA), Matematika va tabiiy fanlardan ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS) hamda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash xalqaro tadqiqoti (PIRLS) dasturlarining mazmuni, metodologiyasi va ta’lim sifatini aniqlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Mazkur xalqaro baholash dasturlarining o‘quvchilarning funksional savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy kompetensiyalari, shuningdek, o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini aniqlashdagi o‘rni yoritiladi.
Shuningdek, ushbu modellarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirilishi, milliy o‘quv dasturlarini takomillashtirish, pedagogik yondashuvlarni modernizatsiya qilish va ta’lim sifatini oshirishdagi amaliy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, xalqaro baholash mezonlarini milliy ta’lim standartlariga integratsiya qilish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va o‘quvchilarning xalqaro reytinglardagi natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit so'zlar
- ta’lim sifati
- xalqaro baholash dasturlari
- O‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi (PISA)
- Matematika va tabiiy fanlardan ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash xalqaro tadqiqoti (PIRLS)
- funksional savodxonlik
- o‘qish savodxonligi
- matematik savodxonlik
- tabiiy-ilmiy savodxonlik
- kompetensiyaviy yondashuv
- O‘zbekiston ta’lim tizimi
- ta’lim islohotlari
Adabiyotlar ro'yxati
Mualliflar haqida
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
