O‘SISH GORMONINING IZOlyatsiyalangan TANQISLIGI BO‘LGAN KATTALARDA REKOMBINANT O‘SISH GORMONI BILAN DAVOLASHNING KLINIK SAMARADORLIGI
Nashr etilgan: 2026-04-18
Annotatsiya
Kattalarda o‘sish gormonining izolatsiyalangan tanqisligi (iAGHD) metabolik, funksional va psixoemotsional buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan, klinik jihatdan muhim endokrin kasallikdir. «O‘sish gormoni — insulinga o‘xshash o‘sish omili-1» (GH–IGF-1) o‘qi oqsil, lipid va suyak almashinuvini boshqarishda markaziy rol o‘ynaydi. Kattalarda o‘sish gormoni tanqisligi ko‘pincha mushak massasining kamayishi, visseral semirish, suyak mineral zichligining pasayishi, jismoniy ish qobiliyatining susayishi va hayot sifatining yomonlashishi bilan kechadi. So‘nggi yillarda iAGHD bilan og‘rigan bemorlarda rekombinant o‘sish gormoni bilan davolashning klinik samaradorligini hamda uning hayot sifati ko‘rsatkichlari va biokimyoviy parametrlarga ta’sirini baholashga tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Adabiyotlar ro'yxati
Mualliflar haqida
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
