2-TUR QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA ANEMIYA UCHRASH DARAJASI VA KLINIK AHAMIYATI: RETROSPEKTIV TADQIQOT
Nashr etilgan: 2026-04-18
Annotatsiya
Qandli diabet kasalligi zamonaviy tibbiyotning jiddiy muammolaridan biri bo’lib, og’ir asoratlar, yuqori nogironlik va o’lim darajasi bilan xarakterlanadi. 2-tur qandli diabet kasalligida makrovaskulyar va mikrovaskulyar zararlanish bilan bir qatorda anemiya ham ko’p uchraydigan, ammo kam ahamiyat beriladigan klinik holat hisoblanadi. Anemiya diabetli bemorlarda surunkali yallig’lanish, eritropoetin sintezining buzilishi, temir funksional yetishmovchiligi va eritrositlar hayot davomiyligining qisqarishi kabi mexanizmlar asosida rivojlanadi. O’zbekiston sharoitida 2-tur qandli diabetli bemorlar orasida anemiya sindromining tarqalishi, xavf omillari va diabet bilan bog’liqligini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
