ENDOKRINOLOG AMALIYOTIDA FUNKSIONAL GIPOTALAMIK AMENOREYA
Nashr etilgan: 2026-04-18
Annotatsiya
Funksional gipotalamik amenoreya (FGA) reproduktiv yoshdagi ayollarda ikkilamchi amenoreyaning yetakchi sabablaridan biridir. Kasallikning professional sportchi ayollar, tana vazni yetishmovchiligi va surunkali psixoemotsional stress kuzatiladigan bemorlar orasida keng tarqalganligi tashxislash va davolashning aniq algoritmlarini ishlab chiqish zaruratini belgilaydi. Kasallik qaytuvchan neyroendokrin buzilish bo‘lib, uning asosida surunkali energiya tanqisligi, haddan tashqari jismoniy zo‘riqish va/yoki psixoemotsional stress ta’sirida gonadotropin-rilizing gormonining (GnRH) pulsatsion sekretsiyasi susayishi yotadi.
Adabiyotlar ro'yxati
Mualliflar haqida
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
