ENDOKRIN OFTALMOPATIYASI BO‘LGAN BEMORLARDA YUQORI DOZALI GLYUKOKORTIKOID PULS-TERAPIYASINING UGLEVOD VA LIPID ALMASHINUVI KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Nashr etilgan: 2026-04-18

Annotatsiya

Glyukokortikoidlar bilan vena ichiga puls-terapiya faol endokrin oftalmopatiyani davolash standarti hisoblanadi (Bartalena et al., 2021; Kahaly et al., 2022). Shu bilan birga, metilprednizolonning yuqori dozalarini qo‘llash sezilarli metabolik ta’sirlar, jumladan insulin rezistentligi, giperglikemiya va lipid almashinuvi buzilishlarining rivojlanishi bilan kechadi (Fardet et al., 2019; van Raalte et al., 2020). Ushbu ta’sirlarni tireotoksikoz bilan kasallangan bemorlarda baholash alohida qiziqish uyg‘otadi, chunki ularda dastlabdan uglevod almashinuvining buzilishi va insulin rezistentligining ortishi kuzatiladi (Mullur et al., 2014; Biondi et al., 2019). Shunga qaramay, endokrin oftalmopatiyasi bo‘lgan bemorlarda glyukokortikoidlar bilan puls-terapiyaning qisqa muddatli metabolik xavflari yetarlicha o‘rganilmagan va qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi (Bartalena et al., 2021; Kahaly et al., 2022).

Adabiyotlar ro'yxati

Mualliflar haqida

License

How to Cite

[1]
Oyxo‘jayeva Kamilla and Muratova Shahlo trans. 2026. ENDOKRIN OFTALMOPATIYASI BO‘LGAN BEMORLARDA YUQORI DOZALI GLYUKOKORTIKOID PULS-TERAPIYASINING UGLEVOD VA LIPID ALMASHINUVI KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI. O‘zbekiston Ochiq Konferensiyasi. 11 (Apr. 2026).

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari