Ko‘krak bezi saratonini davolashda sun’iy intellektdan foydalanish
Qabul qilingan: 2026-05-23 04:20:41
Nashr etilgan: 2025-12-21
Annotatsiya
Ushbu maqolada ko‘krak bezi saratonini tashxislash, prognozlash va davolashda sun’iy intellektni qo‘llashning zamonaviy yutuqlari va tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. SI texnologiyalari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, jumladan chuqur o‘qitish usullari, konvolyutsion neyron tarmoqlar, Vision Transformer arxitekturalari, kompyuter yordamida diagnostika tizimlari va intellektual jarrohlik yechimlari tavsiflanadi. Sun’iy intellekt tibbiy tasvirlarni talqin qilish aniqligini sezilarli darajada oshirishi, prognostik modellarni takomillashtirishi, o‘smalarni erta aniqlashga yordam berishi va shaxsiylashtirilgan tibbiyot imkoniyatlarini kengaytirishi ko‘rsatilgan.
